So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

19 avg 10:09
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ikki yunon-rum kurashchimiz Jahon chempionati medali uchun kurashadi

Iordaniya poytaxti Amman shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Xabar berganimizdek, kecha dunyo birinchiligida yunon-rum kurashchilar o'z ishtiroklarini boshlashdi. Kechagi bellashuvlarda gilamga chiqqan 4 hamyurtimizdan ikki nafari bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqab qoldi. 

-55 kg vazn toifasidagi yunon-rum kurashchimiz Alisher G'aniev xalqaro neytral sportchi maqomida qatnashayotgan rossiyalik Alibek Amirovni 8-0 hisobida engdi. Nimchorak finalda yaponiyalik kuchli raqibi Kohei Yamagiva 12-3 hisobida taslim etildi. CHorak finalda esa ozarbayjonlik Farid Sadihliga yutqazib qo'ydi. Bugun G'aniev bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida kurashni davom ettiradi. Uning raqibi Vengriya va BAA vakillari o'rtasidagi bellashuvdan so'ng malum bo'ladi.  

-63 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Husniddin Olimboev ilk davradayoq Ahmadrizo Nezhadga yutqazib qo'ydi. Eronlik sportchi finalga etib borgani uchun Olimboevda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keldi. Buning uchun u bugun avvaliga o'tish bahsida hindistonlik Sandipni mag'lub etishi talab etiladi. 

-77 kg vazndagi klassigimiz Azimjon Soatillaev chexiyalik Mixal Zelenkadan ustun keldi, ammo keyingi davrada ukrainalik Ruslan Abdievga yutqazib qo'ydi. -87 kg vaznda kurashgan  Abdulloh Abdumutallibov birinchi davradayoq estoniyalik Robin Uspenskidan engildi va jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing