26 iyu 23:10
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ikki yunon-rum kurashchimiz jahon chempionati sovrindori
Italiya poytaxti Rim shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar (U 17) o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlarida yunon-rum kurashi bo'yicha dastlabki medallar jamlanmasi o'z egalarini topdi. Dunyo birinchiligining birinchi kuni O'zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasining ikki vakili medallar uchun kurashga kirishgandi.
Bugun ular terma jamoamizga ikkita bronza medalini taqdim etishdi. 55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Xurshidbek Normuhammadov yaponiyalik Kohaku Kanazavani 5-4 hisobida dog'da qoldirdi. 65 kg vaznda gilamga chiqqan Behruz Barnoev esa ozarbayjonlik Ali Alizodadan 9-3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar