05 iyu 13:16
Yangiliklar
Futbol
Ilgiz Tantashev bugungi o'yindagi hakamligi uchun 1 baho oldi + VIDEO
O'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev Franciya – Paragvay uchrashuvidagi boshqaruvi uchun nufuzli Archivo VAR portali tomonidan 10 ballik tizimda 1 bahoga loyiq ko'rildi.
Nashr buni JCH-2026 dagi eng yomon hakamlik deb atadi:
"Ushbu kunni o'zbekistonlik hakam aniq unutishga harakat qilishi kerak – uning ishida biror bir ijobiy jihatni topish qiyin. Futbolchilar o'rtasidagi janjal va to'qnashuvlar paytda u xuddi kichkina bolaga o'xshab qoldi – unda na obro'-etibor va na o'yindagi kuchlanishni nazorat qilish qobiliyati ko'rindi".


Sariq berilmagan epizodlardan biri

Havola :
Fikrlar