23 apr 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Ilhom Nazimov chempionlik kamarini himoya qiladigan RIZIN 53 turnirining to'liq kardi elon qilindi
10 may kuni Yaponiyaning Kobe shahridagi Glion Arena majmuasida aralash yakka kurashlar bo'yicha RIZIN 53 turniri o'tkaziladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqaning markaziy jangi engil vazn toifasida RIZIN Ligasining amaldagi chempioni, o'zbekistonlik Ilhom Nazimov ishtirokida o'tadi. Hamyurtimizga ilk kamar himoya jangida braziliyalik Luis Gustavo raqiblik qiladi.
31 yoshli Nazimov faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazgan so'nggi jangida braziliyalik Roberto de Souzani nokautga uchratib, RIZIN chempioniga aylangandi.
"Killer" laqabli 29 yashar Luis Gustavo hisobida esa 15 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
RIZIN 53 turnirining to'liq kardi quyidagicha:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar