30 dek 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Ilhom Nazimov ertangi chempionlik jangi oldidan vazn o'lchash marosimidan o'tib oldi (VIDEO)
Ertaga tongda Yaponiyaning Saitama shahrida MMA bo'yicha navbatdagi RIZIN turniri tashkil etiladi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida (co main event) o'zbekistonlik sportchi Ilhom Nazimov engil vazn toifasida braziliyalik RIZIN chempioni Roberto de Souzaga qarshi bahs olib boradi.
Hamyurtimiz bugun turnir oldidan vazn o'lchash marosimida qatnashib, engil vazn toifasining belgilangan meyorini bajardi.
Malumot uchun, Ilhom Nazimov MMAda 12 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Nazimov bundan avvalgi jangini ham RIZIN ligasida o'tkazgan edi. Yaponiyaning Sapporo shahrida o'tgan RIZIN Landmark 11 turnirida 30 yoshli hamyurtimiz Yaponiya vakili Suguru Niigani ilk raunddayoq nokautga uchratgandi.
36 yoshli Roberto de Souza hisobida esa 20 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar