05 jan 18:13
Yangiliklar
Ilhom Nazimov RIZIN'ning qirg'izistonlik chempioni bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
— Rajabali engil vaznga ko'tarilib, ikkinchi kamar uchun Souza bilan jang qilmoqchi edi. Endi sen chempionga aylanding. Agar RIZIN u bilan jangni taklif qilsa rozi bo'lasanmi?
"To'g'risini aytsam, men bu jangni xoxlamayman. Rajabali bilan yaxshi munosabatdaman. Iloji bo'lsa, boshqalar bilan jang o'tkazgan bo'lar edim. Souzaga revansh berishga xam tayyorman, qarorni Liga qabul qila qolsin. Albatta, bu birinchi o'rinda sport, agar umuman variantlar yo'q bo'lsa, bu haqida gaplashib ko'rsak bo'ladi", deydi Nazimov.
Ilhom Nazimov 31 dekabr kuni tashkil etilgan RIZIN turniri doirasida braziliyalik Roberto de Souzani birinchi raundda tizza zarbasi orqali nokautga uchratib, engil vazn toifasida Liga chempioniga aylanib olgan edi.

Fikrlar