08 mar 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Ilhom Nazimov uni jangga chorlagan braziliyalik sportchiga keskin javob qaytardi (VIDEO)
O'zbekistonlik MMA jangchisi, engil vazn toifasida amaldagi RIZIN chempioni Ilhom Nazimov braziliyalik Luis Gustavoga javob qaytardi.
"Killer" laqabli 29 yashar Gustavo kecha RIZIN 52 turniri doirasida yaponiyalik Taysey Sakurabani mag'lub etib, jangdan keyin chempion Nazimov bilan bahs olib borish niyatida ekanini aytdi.
Ilhom bunga quyidagicha javob qaytardi:
"Sen men bilan kamar uchun jang qilmoqchiligingni aytdingmi? Xohishlaringga ehtiyot bo'l. Yaxshilab o'yla. Vada beraman, menga qarshi hatto 1 raund ham turib bera olmaysan", deb yozgan Nazimov o'zining Instagram sahifasida.
Malumot uchun, 30 yoshli Ilhom Nazimov faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Luis Gustavo hisobida esa 15 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar