17 dek 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Ilhom Nazimovning RIZIN promoushenidagi navbatdagi jangi tasdiqlandi
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz 30 dekabr kuni Yaponiyaning Saitama shahrida tashkil etiladigan turnirda MMA faoliyatidagi 16-jangini o'tkazadi.
"Saitama Super Arena" mezbonlik qiladigan turnirda Ilhom Nazimovga amerikalik Noa Bey raqiblik qiladi. Aynan shu jang 30 dekabr kungi turnir kardini ochib beradi. Asosiy jang esa qirg'izistonlik Rajabali SHaydullaev va yaponiyalik Mikuru Asakura o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Ilhom Nazimov MMAda 12 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Noa Bey hisobida esa 5 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. Nazimov bundan avvalgi jangini ham RIZIN ligasida o'tkazgan edi. Yaponiyaning Sapporo shahrida o'tgan RIZIN Landmark 11 turnirida 30 yoshli hamyurtimiz Yaponiya vakili Suguru Niigani ilk raunddayoq nokautga uchratgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar