02 iyu 05:42
Yangiliklar
Iliadis boshchiligidagi dzyudochilarimiz ham Jahon chempionatiga yo'l oldi
O'zbekiston ayollar terma jamoasining birinchi guruhi bugun tong saharda murabbiy Nelya Kiyamova boshchiligida Toshkent - Istanbul - Budapesht yo'nalishi bo'ylab Vengriya poytaxtiga jo'nab ketgandi. Biroz avval Ilias Iliadis murabbiyligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasining dastlabki guruhi Tbilisidan Vengriyaga yo'l oldi.
Malumot uchun, O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining qolgan guruhi 7 iyun kuni Budapesht shahriga otlanadi. Terma jamoa etakchilaridan biri, -60 kg vaznda jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev dunyo birinchiligida ishtirok etmaydi. Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi 5 iyun kuni o'tkaziladi, ertasi kunidan esa bahslarga start beriladi. Jahon chempionati g'oliblari qimmatli 2000 reyting ochkosiga ega bo'ladilar.
Vengriyaga yo'l olgan tarkibimiz:
-60 kg: Kemran Nurillaev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatulloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev
Bosh murabbiy - Ilias Iliadis
Murabbiylar - Bekzod To'raboev, O'ktam Rahmonov
Terma jamoa menejeri - Eldor Qahhorov
SHifokor - Aziz Qayumov
Massajchi - Javlon Hasanov
Fikrlar