18 okt 17:29
Yangiliklar

Iliya Topuriya: "Agar Maxachev yutqazsa, Dog'istondagi fermasiga qaytib qo'yini boqishi mumkin"
Bu haqda ispaniya-gruziyalik jangchi Tbilisidagi matbuot anjumanida malum qildi.
"Agar Islam yutqazsa, Dog'istonga qaytib, o'z fermasida qo'y boqishi mumkin. Mabodo u g'alaba qozonsa, men vaznimni oshiraman, bu yuz foizga aniq!", - dedi "El Matador" jurnalistning tegishli savoliga javob berar ekan.
SHuningdek, Topuriya, agar Maxachev g'alaba qozonsa, kelasi yilning iyun oyida Oq uyda o'tkaziladigan AQSH Mustaqilligiga bag'ishlangan turnirda u bilan uchrashmoqchi ekanligini ham aytdi.
Malumotlarga ko'ra, engil vazn toifasida chempionlik unvoniga ega bo'lgan Iliya Topuriya kelasi yilning yanvar oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida oktagonga qaytadi. Islam Maxachev va Jek Della Maddalena esa 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan raqamlangan oqshomda o'zaro to'qnash keladi.
Fikrlar