22 may 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Iliya Topuriya boks qoidalari bo'yicha jang qilishga tayyor chempion nomini aytdi
UFC chempioni Iliya Topuriya amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiya bilan boks jangini o'tkazishi mumkinligini malum qildi.
"Boks — albatta, sinab ko'rishni istaydigan narsam. Lekin men mashhur, katta nomga ega jangchi bilan to'qnash kelishni xohlayman. Rezyumemga qo'sha oladigan, men qattiq mehnat qilgan faoliyatimni yanada boyitadigan raqib kerak. Faqat pul uchun nomalum jangchi bilan chiqishni istamayman.
Rayan Garsiyami? Bu juda katta jang bo'lardi, menga bu yoqadi. O'ylashimcha, Rayan Garsiya bilan o'zimni juda qulay his qilardim va uni hakamlar qarorigacha etkazmay tinchitgan bo'lardim", — dedi Topuriya Alvaro Kolmeneyroga bergan intervyusida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar