28 fev 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Iliya Topuriya navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi
Engil vazn chempioni Iliya Topuriya UFC doirasidagi navbatdagi jangini yozda o'tkazishni rejalashtirayotganini bildirdi.
"Yozda, umid qilaman. U Oq uydagi UFC turniri doirasida bo'ladimi-yo'qmi — bilmayman. CHunki sen UFC’ga janglarni qaerda va qanday tashkil qilishni ko'rsata olmaysan. Ular ham senga qanday jang qilishni aytmaydi. Hozir umuman nima bo'layotganini bilmayman. Biladiganim — yozda jang qilaman, ammo aniq sana yoki joy yo'q", — dedi Topuriya Low Kick MMA portaliga.
Havola :
Manba : Low Kick MMA
Fikrlar