08 jan 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Iliya Topuriya qizini sobiq rafiqasi bilan Mayamiga qo'yib yubormadi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya va uning sobiq rafiqasi Jorjina Uzkategi qizi bilan bog'liq bahsli masalalarni hal qilish uchun sud oldida javob berdi.
Sud majlisi Jorjinaning qizi bilan Mayamiga borish haqidagi iltimosiga bag'ishlandi. Topuriya sud majlisida Uzaktegining iltimosini rad etdi.
Jarayon tugaganidan so'ng, Iliya jurnalistlarga shunday dedi: "Men baxtliman, chunki tez orada qizimni yana ko'raman. Oila - mening eng ustuvor vazifam".
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli aralash yakkakurash ustasi oilaviy sabablarga ko'ra faoliyatini vaqtincha to'xtatgan edi. Topuriya so'nggi bor o'tgan yilning yozida braziliyalik tajribali CHarlz Oliveyrani birinchi raunddayoq nokautga uchratib, engil vazn chempioniga aylangan edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar