26 avg 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriyaning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Ispaniyalik UFC jangchisi Iliya Topuriya navbatdagi jangini 30 oktyabr kuni o'tkazishi malum bo'ldi.
SHu kungi UFC Fight Night turnirida Topuriyaga braziliyalik Edson Barboza raqiblik qiladi.
Malumot uchun, "El Matador", yani Iliya Topuriya UFC'da to'rtta jang o'tkazib, hammasida g'alaba qozongan. MMAdagi umumiy statistikasi: 12-0. Edson Barboza esa UFC'da 16 bor g'alaba qozongan, 11 marta mag'lubiyat alamini totgan. MMAdagi umumiy statistikasi: 22-11.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar