08 apr 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ilk chempionlik himoya jangimni Topuriyaga qarshi o'tkazaman" - Pimblett
UFC engil vazn toifasi (70 kg gacha) reytingida 12-o'rinda turuvchi angliyalik jangchi Peddi Pimblett Iliya Topuriya haqida fikr bildirdi.
"Hamma mendan "Iliya Topuriya UFC chempioni bo'lishini xohlaysanmi?" deb so'rayapti. Axir shunda menda unga qarshi titul uchun jang qilish imkoniyati paydo bo'ladi.
Lekin yo'q, men Iliya chempion bo'lishini xohlamayman. Anavi kichkina karlikni jin ursin! Kamar uchun jang qilish imkoniyatini menga beringlar. Keyin birinchi titul himoyasida Topuriyaga qarshi jang qilib, uning hamma tishini to'kib tashlayman", — dedi Pimblett.
Havola :
Manba : Full Send MMA
Fikrlar