09 avg 09:23
Yangiliklar
Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..."
– O'yin haqida fikringiz...
– Barchaga xayrli kech. OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Juda og'ir, ammo qiziqarli o'yin bo'ldi. O'ylaymanki, biz tushib qolgan vaziyat va barcha qiyinchiliklarga qaramay, yigitlar qiziqarli, hujumkor futbol namoyish etishdi.
– Qiziqarli o'yin bo'ldi, doimgidek zavq oldik. Mening moliyaviy masalalar bo'yicha savolim bor edi, bu narsa davlatga va yigitlarga ham tushunarli bo'lishi uchun. Muammolarni yopa olasizlarmi? Ajratilgan pullar safar o'yinlariga borish va boshqa xarajatlarni qoplashga qancha vaqtga etadi?
– Qarang, men bu borada ochiqroq bo'laman. Nimalar ro'y berayotganini va o'yinchilar buni qanday qabul qilganini barcha bilishi to'g'riroq bo'ladi. Demak, 5 milliard so'm ajratildi. SHundan 2,5 milliardi darhol soliqqa ushlab qolindi – bu avtomatik ravishda ketadi. Qolgan 2,5 milliard esa boshidan, yani dekabr oyidan buyon shu erda bo'lgan yigitlarga oylik sifatida berildi. O'ylashimcha, bu faqat bir oy, balki bir yarim oylik maosh bo'ldi xolos... SHunda ham hammaga emas. Klubni tark etgan o'yinchilar hali maosh olishmadi. Asosan, yigitlarga qandaydir tashqi motivaciya berish maqsadida hozir shu erda bo'lganlarga pul berildi, chunki baribir ularga juda qiyin...
– Men savolimni biroz to'g'rilab yuborsam. Demak, "Bunyodkor"ning keyingi turlardagi safar o'yinlarida chiroyli va mazmunli futbol guvohi bo'lamiz, shundaymi?
– Yo'q, bu endi menga bog'liq emas. Men avtobus yoki ovqatlanishga buyurtma bera olmayman-ku. Agar bu mening qo'limdan kelganida, balki qilardim, lekin mening ham oilam bor... "Bunyodkor"ni taminlash uchun u qadar yuqori darajada o'ynamaganman. To'g'ri, futbol o'ynaganman, lekin u darajada emas. Aks holda, jonu dilim bilan jamoani taminlagan bo'lardim. Rostini aytyapman.
– Moliyaviy muammolar sabab jamoani ko'plab etakchilar tark etmoqda va tark etishi kutilmoqda. Ammo vaziyatni bilgan holda boshqa klublardan takliflarni rad etib, qiyin kunlarda jamoa bilan birga bo'lishni istaydigan futbolchilar bormi? Masalan, Italiya futbolidan misol keltirsam, 2000-yillarda bankrot holatiga kelgan "Fiorentina"da Italiya terma jamoasi azosi Anjelo Di Livio fidokorlik ko'rsatib, yuqori maoshli takliflarni rad etib, yoshlar va havaskorlar bilan birga S2 Seriyasida o'ynashga rozi bo'lgan. Yoki "Parma"ning inqiroz davrida Alessandro Lukarelli maoshsiz qolganiga qaramay, o'z jamoasini tark etmadi va D Seriyasida havaskorlar maqomida o'ynashga qaror qilgan. Ikkala futbolchiniyam klub muxlislari judayam hurmat qilishadi.
– Yaxshi savol, sizga katta rahmat. Lekin bu erda kontekst – umuman boshqacha. Yani, biz bazida o'zimizni Italiya yoki Angliya bilan solishtiramiz... Ammo kontekst butunlay farq qiladi. Biz hozircha o'zimizni u chempionatlar bilan solishtira olmaymiz, chunki bankrotlik yuz bergan o'sha davrda men Italiyada edim. Ammo ular qayta tiklanganida, ushbu klublarning stadionlari doimo to'la bo'lardi. 35-40 ming muxlis kelardi. Futbolkalar sotilardi, odamlar o'yinga borardi... Marketing yo'lga qo'yilgan, jarayon relsga tushirilgan edi. Bizda esa, ochig'ini aytaman, tan olaman, biz endi rivojlanyapmiz. Umid qilamanki, shunday yaxshi yo'nalishda rivojlanishda davom etamiz. Ammo o'zimizni ular bilan solishtirish – noto'g'ri. Biz bazida ulardek o'ynashni, bizda ham ulardek tibbiyot va reabilitaciya bo'lishini xohlaymiz, lekin o'ylaymanki, umuman Evropa futbolidagi detallarning mohiyatini hali unchalik yaxshi tushunmaymiz.

– Menda Rahmonov bo'yicha savol bor edi. U OKMKda 6 yoki 7 mavsum o'tkazgan. Ehtimol, qandaydir eski xotiralari qolgandir... To'g'ri, siz 3 ta gol o'tkazib yubordingiz, bunda uning ham aybi bor, garchi u erda penalti bo'lgan bo'lsa ham... Lekin menga uning harakatlari, yakkakurashlardagi g'alabalari, kurashuvchanligi yoqdi. Bu o'sha sobiq jamoasiga qarshi o'ziga xos psixologiya yoki mentalitetmi?
– Ha, o'ylashimcha shunday... Umuman olganda, Sardor tabiatan kurashuvchan yigit. Uning xarakteri shunaqa. U hatto mashg'ulotlardagi oddiy o'yinlarda ham yutqazishni xohlamaydi. Bu, darvoqe, hozir uning yonida o'ynayotgan yosh futbolchilar uchun juda yaxshi va katta omil. CHunki u hatto mashg'ulotlarda yutqazishni istamagani sababli, o'yin tempini ko'taradi. O'ylaymanki, futbolda sobiq jamoangga qarshi qandaydir o'zgacha ishtiyoq bilan o'ynash odati bor... Ehtimol, hatto penalti holatida ham, garchi men u bilan gaplashganimda "u erda penalti yo'q edi", degan bo'lsa ham...
– Agar bugungi o'yinni boshidan qayta o'tkazish imkoni bo'lganda, birinchi navbatda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz – taktikanimi, tarkibnimi yoki o'yinchilarning ruhiyatini?
– Bilasizmi, savolingiz uchun rahmat... Men hech narsani o'zgartirmagan bo'lardim, hammasini shunday qoldirardim. CHunki yigitlar, ko'plarining yosh bo'lishiga qaramay, deyarli tengma-teng o'yin ko'rsatishdi. OKMK – bu juda kuchli tarkib, ishoning, ularda juda zo'r futbolchilar yig'ilgan. Meni quvontirgani shuki, asosiy tarkibda tushgan va zaxiradan qo'shilgan futbolchilarimiz ular bilan tengma-teng o'ynashdi. Murabbiy sifatida men uchun bu katta natija. Men faqatgina o'sha ketma-ket 3 ta gol o'tkazib yuborilgan 15-20 daqiqalik "esankirash" holatini biroz to'g'rilagan bo'lardim. Himoya chizig'ida yigitlar bilan biroz ishlagan bo'lardim. Umuman olganda esa, o'yin juda yaxshi o'tdi.
– Fabio Kannavaro O'zbekistonga qaytib kelgach, murabbiylar shtabi bilan birgalikda "Bunyodkor" mashg'ulotiga tashrif buyurgani haqida xabarlar chiqdi. U yaqinda bo'lib o'tgan matbuot anjmunida endilikda yoshlarga ko'proq etibor qarataman deb aytib o'tdi. "Bunyodkor" yoshlarida moliyaviy muammolar fonida shunaqa motivaciya yo'qolib qolmadimi? CHunki ularni ham Behruz Karimov singari kelajak kutishi mumkin.
– Yosh futbolchilar oliy ligada o'ynashi – bu juda yaxshi holat. Men bungacha ham aytganman, agar imkoniyat bo'lsa, ular 16, 17, 18 yoshidayoq o'ynashi kerak. Bizda hozir bunday imkoniyat tabiiy ravishda yuzaga keldi, chunki ko'plab tajribali o'yinchilarimiz klubni tark etishdi. Lekin men qaerdadir eshitdim... Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazmayman, ammo qaysidir futbol ekspertlari "ular ko'plab o'yinchilari ketib qolgani uchungina yoshlarga imkoniyat beryapti", deb yozishibdi. Bu yolg'on. Bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Agar ular so'nggi 2,5 - 3 mavsum davomida "Bunyodkor" qancha yosh futbolchiga o'ynash imkonini berganini xolisona tahlil qilishsa, hammasi oydinlashadi. Faqatgina nishonimizni biroz to'g'rilab olishimiz kerak. Hozir ularning soni shunchaki ko'proq bo'ldi, chunki bugun tarkibda taxminan 7-8 nafar yoshlar o'ynadi... Umuman olganda, bu yosh yigitlar shunday ruhda davom etishsa, men faqat xursand bo'laman.
Fikrlar