19 okt 07:08
Yangiliklar
Kamondan otish
Imomqulov Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olish uchun Osiyo chempionatiga jo'nab ketdi
19-26 oktyabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish bo'yicha para-atletlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Mazkur qita birinchiligining ahamiyatli jihati shundaki, musobaqa kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beradi.
Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi vakili Ubaydulla Imomqulov yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hamyurtimiz murabbiy Davron Abubakirov qo'l ostida qita birinchiligiga qatnashish uchun Ukrainaning Lvov shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazib qaytgan edi. Imomqulov kecha murabbiyi bilan birga Tailandga jo'nab ketdi.
Havola :
Fikrlar