20 mar 09:28
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells ayollar turniri bosh sovrini Qozog'istonga ketdi
AQSHning Indian-Uells shahri mezbonlik qilgan nufuzli "Masters" turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida ham g'oliba nomi aniqlandi.
Musobaqaning bosh sovrini uchun jahonning 10-raketkasi qozog'istonlik Elena Ribakina hamda WTA reytingida 2-o'rinni egallab turgan belaruslik Arina Sobolenko kurash olib bordi.
Ikki soatu 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda Ribakina raqibasini 7/6(11), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratib, faoliyatida ilk bor WTA 1000 turniri g'olibasiga aylandi. SHuningdek, Ribakina Sobolenkoni ilk marta mag'lubiyatga ham uchratdi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob 4:1, Sobolenko foydasiga.
Elena Ribakina turnirdagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun 1000 reyting ochkosi va 1,262,220 dollar mukofot puliga ega bo'ldi. Arina Sobolenko esa 650 reyting ochkosi hamda 662,360 dollar mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar