18 mar 10:18
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells. Elena Ribakina Iga Svyontekni mag'lub etib, "Masters" turniri finaliga chiqdi
Mavsumning ilk "Masters" turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida finalchilar nomi malum bo'ldi.
Turnirning ikkinchi yarim final bahsida sayyoramizning birinchi raketkasi polshalik Iga Svyontek va WTA reytingida 10-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Elena Ribakina to'qnash keldi.
Bir soatu 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda Elena raqibasini 2 setda bir hil 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Ushbu g'alaba orqali qozog'istonlik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni tenglashtirdi, 1-1.
BNP Paribas Open turnirining finalida Ribakina beloruslik Arina Sobolenkoga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki tennischi mavsumning dastlabki "Katta Dubulg'a" turniri - Australian Open finalida ham to'qnash kelgan va unda Arina g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar