So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

11 okt 16:20
Yangiliklar

Gimnastika, Olimpiya o'yinlari

Indira O'lmasova: "Navbatdagi maqsadim - Tokio 2020 Olimpiadasiga licenziya qo'lga kiritish"

Teglar :  IndiraGimnastika
Xabar berib o'tganimizdek, Buenos-Ayresdagi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida gimnastikachimiz Indira O'lmasova mikst bahslarida bronza medali sohibasiga aylandi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu muvaffaqiyatdan so'ng sportchi va uning murabbiyi bilan qisqa suhbat tashkil etdi.

"Mikst musobaqalari qurasidan xursand bo'ldim. CHunki, Oksana CHusovitina jamoasi safida ishtirok etish men uchun juda yoqimli bo'ldi. Ahir u afsonaviy sportchimiz. CHiqish davomida albatta qiyinchiliklar bo'ldi. Masalan, men mashqlarni yiqilishlarsiz o'tkazishni maqsad qilgandim. Bu amalga oshdi. O'smirlar Olimpiya o'yinlari men uchun o'ziga xos maktab bo'ldi. Boshqa sportchilarning ishtirokini ham kuzatdim, sovrindor bo'la oldim. Endi mashg'ulotlarni yanada kuchaytiraman. Mahoratimni toblab, Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritmoqchiman", - dedi O'lmasova.


O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, o'zbek sportiga Oksana CHusovitindek gimnastika afsonasini tayyorlab bergan mutaxassis, Argentinadagi Olimpiadada Indira O'lmasovaga murabbiylik qilayotgan Svetlana Kuznecova esa shogirdi oldiga qanday vazifa qo'ygani haqida gapirdi.

"Osiyo chempionatida ishtirok etib, licenziya qo'lga kiritish Indira uchun haqiqiy muvaffaqiyat bo'lgandi. Keyin esa u Argentinadagi musobaqada chiqishni eplay olish-olmasligi borasida tortishuvlar, bahs-munozaralar yuzaga keldi. Indira o'z maqsadi sari dadil intildi. Biz musobaqada asosiy etiborni barqarorlikka qaratgandik. Men uning oldiga barcha mashqlarni yiqilishlarsiz amalga oshirish vazifasini qo'ydim. To'g'ri, u xatoga yo'l qo'ydi, lekin yiqilib tushmadi. Osiyo chempionatini hisobga olmaganda, bu uning dastlabki yirik xalqaro musobaqasidir.

SHuni aytishim mumkinki, O'lmasova yosh bo'lishiga qaramay tahlil qila oladi va yangi mashqlarni bajarishga tayyor. Oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz. Men shunday mashg'ulotlar o'tkazishni istaymanki, ular Olimpiada chempionlari bo'lishsin.

Mikstdagi ishtirok haqida gapiradigan bo'lsam, biz Oksana CHusovitina jamoasiga tushib, medalsiz qayta olmasdik. Ahir Oksana doimo medallar qo'lga kiritadi", - dedi Svetlana Kuznecova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing