So’nggi yangiliklar

10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 14:19"Топурия Гэтжи билан реваншга лойиқ эмас" - Арман Царукян 0 13:42Умар Кремлёвга Латвияга киришни тақиқлаб қўйишди 0 12:30"Челси" ўз юлдузини "Ливерпуль"га 100 миллион фунтга сотишдан бош тортди 0 11:49Дмитрий Биволнинг фаолиятидаги энг катта гонорар маълум қилинди 0 10:26Тарихий муваффақият: Ўзбекистон парашахмат терма жамоаси Олимпиадада илк бор бронза медалларини қўлга киритди! 0 09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0

24 iyu 13:13
Yangiliklar

Sport kurashlari, Olimpiya o'yinlari, Parij-2024

INTERVYU. Javrail SHapiev Tokioda medalga yaqin kelgani, Parijga Rossiya termasi bilan tayyorgarlik, shaxsiy murabbiyini yangilagani haqida

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Parij Olimpiadasida ishtirok etishga hozirlik ko'rayotgan Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati g'olibi Javrail SHapiev wrestdag.ru sayti muxbiriga intervyu berdi.

— Musobaqaga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

"Hammasi reja bo'yicha, deb ayta olaman. Ayni damda Nalchik shahriga jo'nab ketyapman, u erda mahalliy erkin kurashchilar ishtirokidagi yig'inda tayyorgarlikning final bosqichini o'tkazaman. Bungacha murabbiylarim bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ikkita o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik - avvaliga Gunibda, keyin esa Rossiyaning erkin kurash bo'yicha terma jamoasi bilan birgalikda Kislovodskda".

— Hozirgi jismoniy holatingizga qanday baho bergan bo'lardingiz?

"Bu savolga javob berish men uchun qiyin. Ustozim Yusup Abdusalomov ahvolimni yaxshiroq ayta oladi, deb o'ylayman".

— Aytgancha, Yusup Abdusalomov bilan qachondan hamkorlikni boshladingiz?

"U bilan Polsha terma jamoasini boshqargan paytlarida ham tez-tez uchrashganmiz. Biz qayta-qayta gaplashdik. Yusup haqiqiy professional, o'z ishining muxlisi va juda mehribon, halol, hamdard inson. O'yinlarga tayyorgarlik ko'ra boshlaganimda, men bilan yakka tartibda shug'ullanishga rozi bo'lsa yaxshi bo'lardi, deb o'yladim. Men bu haqda o'z fikrlarimni akam, Dog'iston Respublikasi Xalq Assambleyasi deputati Xabibula Magomedov bilan o'rtoqlashdim. Akam Yusuf bilan gaplashdi, u rozi bo'ldi. Hamkorligimiz O'zbekiston sport kurashlari assosiaciyasi va Olimpiya qo'mitasi tomonidan maqullandi, ularning vakillari bilan oldindan bog'langanman. Natijada Abdusalomov bilan hamkorlikdagi ishimiz may oyi oxirida Gunibdagi yig'inda boshlandi. Men u bilan o'zimni juda qulay his qilaman. Yusup mashg'ulot paytida kerakli so'zlarni qanday topishni biladi, sportchiga qanday motivaciya berishni biladi. Qolaversa, u kurashchiga taktika qo'yishni juda yaxshi biladi. Uning rahbarligida iyun oyida Kaspiysk shahrida faoliyatimda ikkinchi marta Aliev turnirida g'olib chiqdim".

— Parijda sizning vazningizda yana uch dog'istonlik legioner jang qiladi, hamyurtlaringiz bilan jangga tayyorlanish qiyin bo'lmadimi?

"Menimcha, bu darajada kayfiyat bilan bog'liq muammolar umuman bo'lmasligi kerak. Biz hammamiz Olimpiadada nima uchun ishtirok etayotganligimizni tushunadigan darajada kattamiz. SHaxsiy manfaat yo'q, faqat sport. Kimning taqdiri bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi".

— 15 ta potencial raqibingizdan qaysi biriga alohida munosabatda bo'lasiz?

"Xassan Yazdoniy. Unga ikki marta yutqazdim, endi revansh olmoqchiman. Qolaversa, eronlik kurashchi asosiy favorit, hamma undan o'zib ketishni istaydi".

— Tokio Olimpiadasida medalga bir qadam qolganida unga yutqazgandingiz...

"Yaponiyada medalni qo'lga kirita olmaganim achinarli, lekin bu yil menga yordam beradigan bebaho tajribaga ega bo'ldim. Endi men mashg'ulotlarga professionalroq yondashyapman, o'z-o'zini tarbiyalash va ovqatlanishga etibor beryapman. Yusup Abdusalomovdan tashqari men bilan sport dietologi Ali Ahmedov yakka tartibda ishlaydi. Men Olimpiada muhitini bir marta his qilganman, shuning uchun, psixologik moslashish kerak bo'lmaydi".

— Raqiblaringizni o'rganasizmi?

"Men ularning ko'pchiligi bilan allaqachon uchrashganman, shuning uchun, men ularning qanday kurashishlarini bilaman. SHunga qaramay, Yusup bilan musobaqalar videolarini tomosha qilib, tahlil qilamiz. UWW reytingi tufayli biz qaysi sportchilar bilan to'qnash kelishimiz mumkinligini taxminan tushunamiz va ularning janglariga ko'proq etibor qaratamiz".

— Balki ukangiz va jamoadoshingiz Isa sizni qo'llab-quvvatlash uchun Parijga uchar?

"Yo'q, u menga uydan turib muxlislik qiladi. Isa jarohati tufayli kurashdagi faoliyatini yakunladi. Hozir u o'zi tug'ilgan Izberbashda tadbirkorlik bilan shug'ullanadi".

Nalchikdagi yig'in qachon tugaydi?

"Ikki hafta ishlashni rejalashtirganmiz. Keyin O'zbekiston terma jamoasiga qo'shilaman, ular bilan 6 avgust kuni Franciya poytaxtiga yo'l olamiz", dedi Javrail SHapiev.

Avvalroq, SHapievga Parij Olimpiadasida kimlar raqib bo'lishi haqida malumot bergan edik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing