Unda 2018 yilda SHimoliy
Koreya poytaxti Pxenyanda bo'lib o'tishi lozim bo'lgan yoshlar o'rtasidagi
jahon chempionati Toshkentga ko'chirilishi haqida qaror qabul qilindi. Demak,
2018 yilda mamlakatimiz og'ir atletika bo'yicha ikkita yirik musobaqaga
mezbonlik qiladi. 3-14 iyul kunlari bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi
jahon chempionatidan tashqari, aprelning 20-30 sanalarida o'smirlar
o'rtasidagi Osiyo chempionati ham aynan O'zbekistonda tashkil etiladi.
Mazkur nufuzli
musobaqalarga ko'rilayotgan tayyorgarlik, atletlarimizning xalqaro
musobaqalardagi ishtiroki, qolaversa ko'pchilik sport ishqibozlarini
qiziqtirayotgan mavzu – Olimpiya o'yinlari chempioni va rekordchisi Ruslan
Nuridinov xaqidagi yangiliklar bilan tanishish maqsadida biz Osiyo og'ir
atletika federaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston og'ir atletika
federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Yakkakurashlar bo'yicha Respublika
oliy sport mahorati maktabi direktori SHahrillo Mahmudov bilan eksklyuziv
intervyu uyushtirdik.
- SHahrillo
SHaripovich, Buxarestda bo'lib o'tgan Xalqaro og'ir atletika federaciyasi
Ijroqo'm yig'ilishida kelasi yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati
mezbonligi O'zbekistonga topshirildi. Aslida mazkur nufuzli musobaqaga
KXDR poytaxti Pxenyan mezbonlik qilishi kerak edi. Aytingchi, jahon
chempionati mezbonligi nega SHimoliy Koreyadan olib qo'yildi va mezbonlikka
nomzod bo'lgan davlatlar orasida Xalqaro og'ir atletika federaciyasi nega
aynan O'zbekistonni tanladi?
- Bu ko'proq siyosiy
vaziyat bilan bog'liq holat. Xalqaro og'ir atletika federaciyasiga bugungi
kunda 190 ta davlat azo bo'lsa, ularning 40 dan ziyodi Xalqaro
federaciyaga rasman murojaat qilib, jahon chempionati o'tkazilsa Koreya yarim
orolidagi siyosiy vaziyat sabab Pxenyanga o'z terma jamoalarini yubora
olmasliklarini malum qilishdi. Barchaga malumki sport – tinchlik elchisi,
millatlar va xalqlar o'rtasidagi totuvlik, bag'rikenglikni taminlaydigan
qudratli vositadir.
Ammo shu bilan birga
musobaqalar o'tkaziladigan shaharda eng avvalo barqaror vaziyat hukm surishi
kerak, shuningdek, unda ishtirok etuvchi sportchi, murabbiy va hakamlarning
xavfsizligini taminlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. KXDR jahon
chempionatini o'tkazish huquqini 2016 yilda Tbilisida bo'lib o'tgan Ijroqo'm
yig'ilishida qo'lga kiritgandi. Pxenyandan tashqari uni o'tkazish uchun Minsk
(Belorussiya), Eylat (Isroil), Anaxaym (AQSH) va Toshkent (O'zbekiston)
shaharlari kurash olib borgan edi.
Yakunda ovoz berish
natijalariga ko'ra Pxenyan birinchi, Toshkent ikkinchi o'rinni egallagan va
o'z o'zidan poytaxtimiz jahon chempionati mezbonligiga zaxira varianti
sifatida ko'rilgandi. SHu boisdan ham Xalqaro og'ir atletika federaciyasi
KXDRni jahon chempionati mezbonligidan mahrum qilgach, o'z reglamentiga
asosan uni Toshkent shahriga ko'chirish xaqida qaror qabul qildi. Yana bir
muhim jihati shundaki, mamlakatimizda yirik musobaqalar, nufuzli xalqaro
turnirlarni yuqori saviyada o'tkazish tajribasi mavjud. Buning uchun bizda
barcha sharoitlar bor.
Bu sport majmualari
bo'ladimi, mehmonxonalar bo'ladimi, barchasi jahon standartlariga javob
bera oladi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi aynan shu jihatlarni ham
hisobga oldi. Qolaversa jahon chempionatiga qadar O'zbekiston o'smirlar
o'rtasidagi Osiyo chempionatiga ham mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqa 2018
yilning 20-30 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Dastavval qita chempionatini
ham Toshkentda o'tkazishni rejalashtirgandik, ammo mamlakatimiz turizm
salohiyatini yuksaltirish, qolaversa viloyatlarda ham ushbu sport turini
yanada rivojlantirish, yoshlar orasida ommaviyligini oshirish maqsadida Osiyo
chempionatini Urganch shahrida qabul qilish masalasida Osiyo og'ir atletika
federaciyasiga murojaat qildik.
SHuni alohida takidlash
lozimki, Urganchda musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun ajoyib manej
bor. Mehmonxonalar masalasida ham muammolar bo'lmaydi. Musobaqa
bahonasida Urganch va Xiva shaharlari orasida maxsus turistik avtobus
marshrutlari tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu o'z navbatida yurtimizga
tashrif buyuradigan yuzlab mehmonlar, sportchilar, murabbiylar, hakamlar va
xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlariga Ochiq osmon ostidagi muzey
nomi bilan mashhur bo'lgan ko'hna va hamisha navqiron Xiva shahriga
ekskursiyalar uyushtirish imkonini beradi. Bu bilan jonajon O'zbekistonimiz
sayyohlik salohiyatini dunyo ahliga ko'rsata olsak nur ustiga alo nur bo'lar
edi.
- O'zbekiston og'ir
atletika federaciyasi jahon chempionatidek nufuzli musobaqani qabul
qilishga qanchalik tayyor? Xalqaro og'ir atletika federaciyasining bizga
bo'lgan ishonchini oqlay olamizmi? Umuman bu borada federaciya oldida qanday
rejalar bor?
- Avvalo shuni aytib
o'tishni hohlardimki O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya
va sport davlat qo'mitasining yordamisiz biz xalqaro maydonda bugungi
mavqeimizga erisha olmasdik. Ishonchim komilki ularing yordamida biz har
ikkala nufuzli musobaqani eng yuksak saviyada o'tkaza olamiz. Yana bir muhim
jihati shundaki, biz barcha rejalarimizni bosqichma bosqich amalga oshirishni
maqsad qilganmiz. 2005 yildan beri, yani so'nggi 12 yil davomida
mamlakatimizda og'ir atletika bo'yicha o'ndan ziyod xalqaro musobaqalar,
turli seminar va texnik kurslar o'tkazildi.
2013 yilda Xalqaro og'ir
atletika federaciyasi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligini
bizga ishonib topshirdi va ushbu musobaqa katta muvaffaqiyat bilan tashkil
etildi. Mana endi nasib qilsa, 2018 yilda Toshkentda yoshlar o'rtasidagi
jahon chempionatini qabul qilamiz. Demak, keyingi navbatda endi kattalar
o'rtasidagi jahon chempionati kutib turibdi. SHuni ishonch bilan ayta
olamanki, bizda ushbu musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha
zarur sharoit bor. Eng muhimi esa hukumatimiz tomonidan bizga
ko'rsatilayotgan yuksak etibor va g'amho'rlik. SHunday ekan, biz qita va
jahon chempionatini eng yuqori saviyada o'tkazamiz.
- Rio-2016
Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritib, Olimpiya o'yinlari
rekordini yangilagan va bu bilan o'zbek og'ir atletikasi tarixida yangi
sahifa ochgan Ruslan Nurudinov XXXI yozgi Olimpiya o'yinlaridan so'ng shu
paytga qadar dam oldi. Yani barcha musobaqalar va hattoki mashg'ulotlardan
ozod etildi. U qachondan mashg'ulotlarni boshlaydi va Tokio 2020 Olimpiya
o'yinlarida ham Riodagi muvaffaqiyatli ishtirokini takrorlay olishiga
qanchalik umid bor?
- Ruslan Nuridinovning
bugungi kundagi tatil holati bu O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi
tomonidan ishlab chiqilgan o'ziga hos strategiya bo'lib, undan ko'zlangan
asosiy maqsad sportchimizni navbatdagi Olimpiya o'yinlariga asrash, 2020
yilda Tokioga uni yuqori sport formasida olib borish va kunchiqar yurtda ham
uning olimp shohsupasiga ko'tarilishiga zamin yaratish bilan bog'liqdir.
To'g'ri, Ruslan 2016 yilning sentyabridan beri og'ir yuklamali mashg'ulotlar
o'tkazmayapti, lekin bu u sportni butunlay tashlab qo'ydi degani emas. U
bizning doimiy nazoratimizda trenajer zallarida mashg'ulot o'tab turibdi.
Ko'pchilikka yaxshi
malumki har bir sportchining professional faoliyatida yuksalish va pasayish
davri bo'ladi. Yani biror bir nufuzli xalqaro musobaqa, bu jahon
chempionati bo'ladimi, Olimpiya o'yinlari bo'ladimi, ularda muvaffaqiyatga
erishgan sportchi buning uchun tinimsiz mashg'ulotlar o'tkazishi, ko'p
narsalardan voz kechishi kerak bo'ladi. Keyinchalik esa musobaqalardan so'ng
uning organizmida fiziologik o'zgarishlar ro'y berishi va jismoniy holati
pasayishi tabiiy hol. Ruslan misolida oladigan bo'lsak, u Olimpiya o'yinlari
chempionligiga erishgunga qadar 4 yil davomida tinimsiz mashg'ulotlar olib
bordi. Katta yuklamalarga dosh berdi. Tabiiyki uning organizmi ham
jismoniy, ham ruhiy jihatdan ancha toliqdi. Uni bu yilgi xalqaro
musobaqalardan ozod etganimizning asosiy sababi ham aslida shu.
-Yana bir muhim jihati, 4
yillik olimpiya cikli yakunlangach, navbatdagi ciklga o'tish davri, yani
bo'lajak Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikning birinchi yilida sportchi ruhan
dam olishi, o'zi anchagina bezib qolgan shtangadan iloji boricha nariroq
yurishi va organizmiga biroz hordiq berishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb
etadi. O'zbek sportida ketma ket jahon chempionligiga erishib, o'z vazn
toifasi yoki yo'nalishida dunyoda tengsiz bo'lib, keyinchalik Olimpiya
o'yinlarida kutilgan natijani qayd eta olmagan sportchilar talaygina.
Misol uchun Baydarka va
Kanoe sport turida Vadim Menkov ketma ket ikki marta jahon
chempionligini qo'lga kiritib, Olimpiya o'yinlarida ham g'oliblikkka asosiy
davogar sportchilardan sanalgandi. Ammo aynan Olimpiya o'yinlariga kelib
unda pasayish kuzatilgan va ko'zlangan natijaga erisha olmagandi. Yoki
bo'lmasa dzyudochimiz Rishod Sobirovni olaylik, Rishod o'z vazn toifasida
birinchi raqamli sportchi bo'lib, Londondagi Olimpiya o'yinlari oldidan ikki
marta jahon chempionligini tantana qilgandi, ammo Olimpiya o'yinlarida
faqat bronza medallari bilan cheklanib qoldi. Vaholanki Rishodning
potenciali shak shubhasiz Olimpiya o'yinlarining oltin medaliga tortardi. Bu
holatni bokschimiz Abbos Atoev va taekvondochimiz Dmitriy SHokin misolida
ham ko'rishimiz mumkin. Ular ham o'z vazn toifalarida dunyoda eng kuchli
sportchi sifatida qayd etilib, jahon chempionligiga erishishgandi. Ammo
afsuski aynan Olimpiya o'yinlariga kelib ularda jismoniy jihatdan pasayish
kuzatildi.
Men hozir sanab o'tgan
sportchilarning har biri shubhasiz o'zbek sporti tarixida o'chmas iz
qoldirishgan. Ammo ularning tayyorgarligiga strategik jihatdan to'g'ri
yondoshilganida, ishonchim komilki natijalar bundan-da yaxshiroq bo'lgan bo'lar
edi. Biz esa ana shu xatolarni takrorlashni istamadik va Ruslan
Nurudinovni Tokio Olimpiadasiga asrashni lozim topdik. Ruslan rejaga ko'ra
shu yilning dekabr oyidan mashg'ulotlarga rasman kirishadi. CHunki kelasi
yili bizni Osiyo o'yinlari va Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi qator
licenzion musobaqalar kutib turibdi. Ruslan esa mazkur musobaqalarni
aslo o'tkazib yubora olmaydi. Men shuni ishonch bilan aytishim mumkinki,
avvalo yaratgan bizni qo'llab quvvatlab tursa, tayyorgarlik jarayonini
ko'ngildagidek tashkil etsak, eng muhimi jarohatlar atletlarimizni chetlab
o'tsa Ruslan Nurudinov xudo hohlasa Tokioda yana olimp shohsupasiga
ko'tariladi. Qanday medalni qo'lga kiritishini aniq ayta olmayman oltinmi,
kumushmi, bronzami, lekin u shohsupada aniq bo'ladi.
- So'nggi yillarda
o'zbek og'ir atletikasida aytish mumkinki “oltin avlod” shakllandi. Ruslan
Nurudinovdan tashqari Ivan Evremov, Rustam Djangabaev, Ulug'bek Alimov,
Doston Yoqubov kabi atletlarimiz bir qator nufuzli xarqaro musobaqalarda
muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Qolaversa Farxod Sobirov, Adhamjon
Ergashev, SHahzod Xudoyberganov kabi yosh polvonlarimiz nafaqat qiamizda
balki jahonda ham o'z so'zlarini aytishga ulgurishdi.Aytingchi, o'zbek og'ir
atletikasida ana shunday “oltin avlod”ning yuzaga kelishi eng avvalo nima
bilan bog'liq?
- Buning eng asosiy
sababi mamlakatimizda davlatimiz tomonidan sportga ko'rsatilayotgan yuksak
etibor, biz sportchilarga hukumat darajasida yaratib berilayotgan
sharoitlar deb bemalol ayta olaman. O'zingiz o'ylab ko'ring, dunyoning qaysi
davlatida sportni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, sportchi va
murabbiylarni rag'batlantirish, ularning sportdan keyingi xayoti xaqida
qayg'urish masalalariga bizdagi kabi etibor qaratiladi? Birgina 2017
yilning o'zida muhtaram Prezidentimizning sportga oid beshta qarorlari
elon qilindi. Etibor bering, bu faqat bir yilning o'zida elon qilingan
sohani rivojlantirishga doir qarorlar.
Og'ir atletika misolida
ko'radigan bo'lsak, 2009 yilda O'zbekiston terma jamoasi dunyo reytingida
44-o'rinda qayd etilgandi. Qisqa davr mobaynida biz misli ko'rilmagan
yuksalishga erishib, dunyo miqyosida kuchli to'rtlikka kirib oldik. Hozirda
birorta musobaqa yo'qki o'zbekistonlik atletlar unda medallarni qo'lga
kiritishmasa. 2017 yil hisobidan terma jamoamiz azolari Bokuda bo'lib
o'tgan IV “Islom birdamlik o'yinlari”, may oyida Osiyo chempionati,
sentyabrda Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarida ishtirok
etishdi va ularning barchasida munosib qatanashib, yurtimizga medallar
shodasi bilan qaytishdi.
Farxodbek Sobirov yoshlar
o'rtasida ketma ket ikkinchi marta jahon chempionligiga erishdi. Yana bir
etiborli tomoni, biz bu yilgi musobaqalarda aytib o'tganimizdek asosiy
atletimiz, Olimpiya o'yinlari chempioni Ruslan Nurudinovsiz ishtirok etdik.
Uning vazn toifasida Ashxobodda Osiyo o'yinlarining oltin medaliga sazovor
bo'lgan Ivan Efremov qayd etgan natija bemalol jahon chempionatida medal
kafolatlaydi. SHuningdek, Farxod Sobirovning natijasi ham jahon
chempionatida shohsupaga ko'tarilish uchun etarli bo'ladi. Bu o'z navbatida
Ruslan Nurudinovga ham o'ziga hos raqobatni yuzaga keltiradi. Biz esa
sog'lom raqobat tarafdorimiz.
Joriy yil hisobidan
oldimizda so'nggi imtixon qoldi. U ham bo'lsa 28 noyabr - 6 dekbr kunlari
oralig'ida AQSHning Kaliforniya shtati, Anaxaym shahrida bo'lib o'tadigan
kattalar o'rtasidagi jahon chempionati. Terma jamoamiz yilning eng nufuzli
musobaqasida 10 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ularning sakkiz
nafarini yigitlarimiz tashkil etsa, ikki nafar qizimiz ham jahon
chempionatida chiqish qilishadi. Hozirda sportchilarimiz murabbiylar shtabi
bilan mazkur musobaqaga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda. Umid qilamanki,
jahon chempionati ham biz uchun omadli keladi va barchamiz yilni munosib
tarzda yakunlay olamiz.
- Bokuda bo'lib
o'tgan “Islom birdamlik o'yinlari”, shuningdek Ashxobod shahri mezbonlik
qilgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarida og'ir
vazndagi polvonimiz Rustam Djangabaev ko'pchilikda juda iliq taassurot
qoldirdi. U nafaqat oltin medallarga ega chiqdi, balki musobaqa rekordini
ham yangilashga muvaffaq bo'ldi. O'zbek og'ir atletikasi muxlislari bundan
buyog'iga Rustam, qolaversa tajribali Ivan Efremov, yoshlar o'rtasida jahon
chempioni Farxodbek Sobirovdan Olimpiya o'yinlarining medallarini ham
kutishga xaqlimilar?
- Albatta xaqlilar,
biz ham bu borada malum ishlarni olib bormoqdamiz. Aslida Tokio 2020
musobaqasiga tayyorgarlikni Rio-2016 Olimpiya o'yinlariga ketishdan avval
boshlab yuborganmiz desam aslo mubolag'a bo'lmaydi. CHunki eng avvalo terma
jamoaga munosib zaxira yaratishni maqsad qilgandik. Adham Ergashev,
Farxodbek Sobirov, SHahzod Xudoyberganov, Rustam Jangabaev kabi
atletlarimiz ana shu olib borilgan ishlar mahsuli desam xato bo'lmaydi.
- Sportda barcha narsa
maqsadga bog'liq. Bir paytlar biz musobaqalarda kuchli o'nlikka kirishni
maqsad qilgan bo'lsak, hozirda faqat medallar uchun kurash olib
bormoqdamiz. Og'ir atletikada har bir musobaqada “A”, “V”, “S” toifalari
bo'ladi. SHukrki, O'zbekiston terma jamoasi hozirda istalgan musobaqada
faqat “A” guruhida kurash olib boradi. Bu esa dunyoning eng kuchli 10 ta
atleti qatorida medallar uchun kurashish imkonini beradi. Tokio
Olimpiadasida yoshlarimizdan umidlarimiz katta.
Misol uchun ikki karra
jahon chempioni Farxodbek Sobirov hozirda 20 yoshda. 2020 yilda esa u 23
yoshda bo'ladi. Yaxshi malumki, katta sportda aynan 22-25 yosh
professionallikning eng navqiron davri hisoblanadi. SHundan kelib chiqib
aytadigan bo'lsak Tokioda Adham Ergashev, Farxodbek Sobirov, SHahzod
Xudoyberganov, Rustam Jangabaevlar Ruslan Nurudinov, Ivan Efremov,
Ulug'bek Alimov, Doston Yoqubov kabi tajribali atletlarimizga chin manoda
tayanch bo'lishadi. SHunday ekan kunchiqar yurtda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi
Olimpiya o'yinlarida natijalarimiz yanada yaxshilanishiga ishonaman.
- SHahrillo
SHaripovich, mazmunli suhbat uchun sizga rahmat. Oldinda turgan muhim
musobaqalarda sizga va siz orqali O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi,
terma jamoamiz murabbiylar shtabi va albatta atletlarimizga omad va
muvaffaqiyatlar tilaymiz. O'z navbatida sizlardan jahon chempionati va
Olimpiya o'yinlarining medallarini kutib qolamiz.
- Rahmat...
Zafar Imomxo'jaev suhbatlashdi
Fikrlar