So’nggi yangiliklar

19:14Нокаутга учраган Умар Нурмагомедов машғулотларга қайтди 0 18:45"Олтин тўп" ўз маъносини йўқотган" - Самюэль Умтит 0 18:22Александр Усик Тайсон Фьюрининг янги чақирувига жавоб берди 0 17:43Филип Хргович чемпионга айланган IBF ташкилоти рейтингида Баҳодир Жалолов яна юқорилади 0 17:12"Кел, трилогия ташкил қиламиз. Манавилардан чарчадим" - Тайсон Фьюрини жангга чорлади 0 16:50МЮ SumUp билан "кўп миллионлик" шартнома имзолади 0 16:19Хотамбек Бойназаров UFC юлдузини енгишини маълум қилди 0 15:48Дебютини ғалаба билан бошлаган Парнасс Холлоуэйни жангга чорлади 0 15:17Жасурбек Йўлдошев проф боксдаги тўртинчи жангини Германияда ўтказди + ФОТО 0 14:46Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бўлиб ўтади 0 14:15Жасурбек Жайсунов номзоди ООК Атлетлар комиссияси учун илгари сурилди 0 13:44Йен Гэрри навбатдаги рақибини маълум қилди: "Фақат битта жанг мантиққа эга!" 0 13:13Ислам Махачев нима учун UFC`нинг учинчи камарини қўлга кирита олмаслиги тушунтирилди 0 12:42Мбаппе "Реал" таркибида ЕЧЛда 26 та ўйинда 23 та гол урди 0 12:11Олти нафар дзюдочимиз Hungary Grand Slam 2026 турнирида иштирок этади 0

01 apr 10:02
Yangiliklar

Boks/MMA, Intervyular

INTERVYU. Otabek Xolmatov Top Rank bilan faoliyati yakunigacha hamkorlik qilishi, oyog'idagi jarohati, Qozog'istonda jang qilishi va chempionlik jangiga qanchalik yaqin ekani haqida gapirdi

Prof boksning yarim engil vazn toifasida WBA kamari uchun davogar o'zbekistonlik bokschi Otabek Xolmatov navbatdagi jangi oldidan Olamsport.com muxbiri bilan suhbatlashdi.

Bu safargi suhbatda Otabek Top Rank bilan kelishuvi, Raymond Ford bilan jangi The Ring tomonidan etirof etilgani, bo'lajak jangiga tayyorgarliklari va ehtimoliy chempionlik jangi haqida to'xtalib o'tdi.

Malumot uchun, Xolmatov 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida filippinlik bokschi Jeyson Kanoy bilan jang qiladi.

— Avvalgi suhbatimizda Top Rank bilan kelishuvga erishganingiz haqida aytgandingiz. Bu mazkur kelishuv bo'yicha ilk jangmi? SHartnoma nechta jang uchun tuzilgan?

"Ha, Top Rank bilan shartnoma qilingan. Boksda yana qancha jang o'tkazishimni bilmayman, lekin qancha davom ettirsam ham, nasib bo'lsa, oxirigacha Top Rank bilan hamkorlikda ishlaymiz".

— Yil boshida sizning Raymond Ford bilan jangingiz The Ring talqiniga ko'ra, "2024 yilning eng yaxshi jangi" deb topildi. Lekin siz The Ring taqdirlash marosimida ko'rinmadingiz, sizga ular sovrin yuborishdimi?

"SHunday, meni ishtirokimdagi bahs "yilning eng yaxshi jangi" deb topildi. Angliyaga meni ham chaqirishgan edi, lekin meni vizam chiqmay qoldi. Ulgurmay qoldik, viza o'xshamadi. SHuning uchun men bora olmadim. Yo'q, menga hech narsa yuborishmadi", deydi Sirdaryoda tug'ilgan prof bokschi.

Bo'lajak jangingiz uchun AQSHda tayyorgarlik olib bordingiz, okean ortidagi mashg'ulotlar qanday o'tdi? savoliga esa Otabek: "Ha, Alhamdulillah, AQSHning Indio shahrida jangimga tayyorgarlik ko'rdim. Hammasi juda yaxshi o'tdi", deya javob qaytardi.

— Ayni damda o'z vazningizda WBA reytingida uchinchi o'rindasiz. Siz o'zingizni titul jangiga qanchalik yaqinman, deb o'ylaysiz?

"Alhamdulillah, hozirda WBA kamari uchun uchinchi davogar bo'lib turibman. 5 aprel kuni g'alaba qozonsam, keyingi jangim Eliminator (davogarlik) maqomida bo'ladi. Nasib bo'lsa, In SHa Alloh uchinchisi Jahon chempionligiga. SHunga harakat qilyapmiz. Mehnatdan to'xtash yo'q. Nasib qilsa, albatta O'zbekistonimizga chempionlik kamarini olib boraman. Muxlislarimiz faqatgina duo qilib turishsa bo'ldi".

Otabek shuningdek, Qozog'istonda ringga ko'tarilishi borasida fikr bildirdi:

"Qozog'istondagi jangim aniq bo'ldi, Xudoga shukur. Oyog'imdagi operaciyadan keyingi bir yillik tanaffusdan so'ng ancha yaxshiman, oyog'imda hech qanday og'riqlar yo'q. Jarohatimdan to'liq forig' bo'ldim. Jismoniy holatimni tiklab oldim. Jangga tayyormiz. Xudo xohlasa, Qozog'istonda chiroyli jang ko'rsatib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz", deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Xolmatov.


Diyorbek Mavlonov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing