04 fev 13:35
Yangiliklar
Intizom taminlanmagan jamoada natija bo'lmaydi
Unda federaciya rahbariyati terma jamoa dzyudochilari bilan uchrashdi.
Yig'ilishda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, yangi tayinlangan rais o'rinbosari SHokir Mo'minov, federaciya bosh kotibi Ulug'bek Kabulov ishtirok etishdi.
Ushbu yig'ilishni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - dzyudochilarni ichki tartib-intizom bilan yana bir bor tanishtirishdan iborat edi. Zero, natijaning kaliti, poydevori intizomda. Tartib-intizom taminlanmagan jamoa yoki shunga amal qilmaydigan sportchi ko'zlangan natijaga erisha olmaydi.
Terma jamoaning barcha azolari hamda nomzod dzyudochilari mashg'ulot zaliga telefonlarni olib kirmasliklari, ertalabki badantarbiya mashg'ulotida yuz foiz ishtirok taminlanishi, soat 22:00da hamma o'z xonasida bo'lishi va federaciya hududidan tashqariga chiqmasligi uqtirildi.
Mavjud qoidalarga amal qilmagan dzyudochilarga qatiy jazo qo'llaniladi.
Fikrlar