01 apr 04:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldarov Jahon kubogida ringga ko'tarildi
Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida start olgan boks bo'yicha Jahon kubogi bosqichida yana bir bokschimiz janglarga kirishdi.
Kun tartibidan o'rin olgan navbatdagi jangda hamyurtimiz Iqboljon Xoldarov (-70 kg) nimchorak final bosqichi doirasida polshalik Damian Durkach bilan bahs olib bordi.
3 raund to'liq davom etgan bellashuvda Xoldarov Mirazizbek Mirzahalilov singari 5:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.
Endi Iqboljon yarim final yo'lida angliyalik Odel Kamara bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar