12 iyu 16:41
Yangiliklar
Irji Proxazka keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi
Oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda chexiyalik Irji Proxazka endilikda sobiq chempion, braziliyalik 42 yoshli Glover Teysheyrani bo'g'ish usuli bilan mag'lub etib, divizionning yangi chempioniga aylandi.
Irji jangdan keyin bergan intervyusida navbatdagi raqibi sifatida polshalik Yan Blaxovichni ko'rish istagida ekanini aytdi. Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Magomed Ankalaev - Entoni Smit jangini rasman davogarlar jangi deya elon qilgandi. Blaxovich esa ushbu vaznning sobiq chempioni hisoblanadi va bugungi oqshomni bevosita arenada tomosha qildi.
"O'ylashimcha, aynan Yan ilk himoya jangimdagi raqibim bo'lishi lozim. Men u bilan jang qilishim kerak. Uni mag'lub etish uchun menda hamma narsa bor va men bu ishni amalga oshiraman. Fikrimcha, Evropa jangimizni o'tkazish uchun eng yaxshi variant. CHunki, ikkimiz ham bir qita vakillarimiz", - dedi Proxazka.
O'z o'rnida Blaxovich ham bu fikrni qo'llab-quvvatladi.
"Irji, bu ishni amalga oshiramiz! Evropa uchun jang. Qita tarixidagi eng zo'r jang bo'ladi", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Blaxovich.
Fikrlar