19 okt 18:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Irji Proxazka uch kun ovqatsiz qorong'i xonada qolganini malum qildi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni chexiyalik Irji Proxazka yaqinda aqliy salohiyatini oshirish uchun qorong'i xonada uch kun o'tirganini aytdi.
"Uch kun davomi etgan zulmat. SHunday qilib, xotirjamlik bilan siz ichingizdagi "shayton" bilan ishlashingiz va mashq qilishingiz mumkin. Ammo, bu haqda ko'p gapirishni xohlamayman. Sababi bu mening shaxsiy ishim. Bu katta zavq beradi. Siz vaqt tugaydigan nuqtaga erishishingiz kerak. Bu juda foydali. O'zingiz bilan yolg'iz qolasiz. Buni birinchi marta ovqat emasdan qildim, oldimda faqat suv bor edi. Ovqat yo'q bo'lganda, hammasi qiyinlashadi. Tanadagi barcha jarayonlar faol ishlaydi. Buni faqat kim ekanligimni bilish uchun mashq qilaman. Mashg'ulotlarni boshlashim va keyingi bosqichga o'tishim mumkin", - deydi Proxazka.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar