20 dek 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Ishtahasi karnay Jeyk Pol UFC prezidentiga vada berdi
Kecha taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol AQSHda yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Tayron Vudlini chuqur nokautga uchratgan edi.
Ushbu g'alabasidan so'ng Jeyk UFC prezidenti Dana Uaytga vazn chempioni Kamaru Usman bilan jang tashkil etib berishni so'rab murojaat qildi.
"Men besh karra UFC chempionini mag'lubiyatga uchratdim va bu bilan butun tashkilotni uyatga qo'ydim. Dana, iltimos, menga Kamaru Usmanni ber! Menga Diasni ber! Iltimos, menga Masvidalni ber! Makgregorni ber! Men ularni ham uyatga qoldiraman. Buni senga vada beraman, Dana Uayt!", - deya kechagi jangidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida UFC prezidentiga murojaat qilgan yutuber.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar