16 iyu 10:37
Yangiliklar
![](/upload/storage/223216_220.jpg)
Islam Maxachev CHarlz Oliveyrani "otvet" masalasida uzoq kuttirmadi
Braziliyalik chempion Islam bilan yil so'nggida jang qilishga tayyor ekanini aytgandi. Faqat buning uchun Maxachev nomdor raqiblar bilan jang o'tkazishi lozim.
"Men Maxachev bilan yil oxirida dunyoning istalgan davlati va hatto Rossiyada ham jang qilishga tayyor bo'laman. Lekin buning uchun uning o'zi ham hech bo'lmasa bir nafar top darajadagi jangchi bilan oktagonda uchrashishi lozim", - deya ESPN kanaliga intervyu bergan edi Oliveyra.
"Sen xo'jayining nimani buyursa, shuni bajarasan. Bir narsani unutma, ikkimiz ham bir xil sharoitdamiz va eng muhimi, ikkalamiz ham kamar uchun davogarlarmiz", - deya aniq hamda keskin javob bergan Maxachev.
Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Islam Maxachev chempionlik jangida qatnashish huquqini qo'lga kiritishi uchun davogarlar to'qnashuvida Beneil Dariushni mag'lub etishi shart degandi.
Fikrlar