03 avg 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev faoliyatini davom ettirishga nima turtki berayotganini aytdi
Islam Maxachev MMAda faoliyatini yakunlamaslikka nima sabab bo'layotganini tushuntirdi.
"Avvaliga orzum UFC chempioni bo'lish edi. Keyin engil vaznda imkoni boricha ko'proq chempionlik himoyalarini o'tkazishni istadim. SHundan so'ng UFC’ning ikki vazn toifasidagi chempioni bo'lishni maqsad qildim. Hozir bu maqsadga erishdim va 16 ta ketma-ket g'alaba bilan Anderson Silvaning natijasiga tenglashdim.
Balkim, aynan shu rekordni yangilash istagi menga hozir motivaciya berayotgandir. Ammo aslida meni eng ko'p rag'batlantiradigan narsa shuki, agar qafasga tayyorgarliksiz chiqsam, kimdir yuzimni bejab tashlaydi. SHuning uchun diqqatimni yo'qotmasligim va qattiq mehnat qilishda davom etishim kerak", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : Full Mount
Fikrlar