10 okt 07:53
Yangiliklar

Islam Maxachev: "Ikki jangchini UFC`da kutyapman"
Gap Usman Nurmagomedov va irlandiyalik Pol Xyuz haqida ketmoqda. Yaqinda bu ikki aralash yakkakurash ustasi Dubayda o'tgan PFL turnirida o'zaro oktagonda to'qnash kelishgandi. Revansh maqomidagi jangda Usman g'alaba qozonib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
"Ular ajoyib yigitlar va men ularni UFC’da kutaman. Ular bu erga kelishlari kerak. Ikkalasining ham mahorati zo'r, saviyasi juda yuqori. Usman uchun juda xursandman. U dunyoning eng kuchli Ligasiga kelishi va navbatdagi UFC chempioni bo'lishi kerak", - deya Maxachevning so'zlarini keltiradi Red Corner MMA.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev 15 noyabr kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenadan yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini tortib olishga urinib ko'radi.
Fikrlar