18 okt 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev: "Menga yangi xeyterlar kerak!"
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Islam Maxachev yangi zelandiyalik Den Xukerning o'zi haqida gapirgan fikriga munosabat bildirdi.
Xuker 34 yoshli rossiyalikning yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Jek Della Maddalenaga qarshi jang o'tkazishga qaror qilgani munosabati bilan unga maqtov so'zlarini izhor etgandi.
"Yangi xeyterlar kerak - eskisi meni yaxshi ko'rib qolyapti", - deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Xuker Sky Sports New Zealand telekanali efirida Maxachevni yarim o'rta vaznga ko'tarilib, Jek Della Maddalena bilan jang o'tkazishga qaror qilgani uchun hurmat qilishini takidlagandi. Ushbu jang 16 noyabrga belgilangan. Bu to'qnashuv Nyu-York (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar