19 iyu 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazish niyatida ekanligini malum qildi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Islam Maxachev navbatdagi jangini yarimo'rta vazn chempioni Leon Edvardsga qarshi o'tkazmoqchi.
“UFC. Abu-Dabi, 21 oktyabr — Maxachev - Edvards. Sizlarga ushbu jang qiziqmi?»,-deb yozib qoldirgan Islam.
Eslatib o'tamiz, Maxachev so'nggi bor Aleks Volkanovskiga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. UFC'ning rejalariga ko'ra, Islam navbatdagi jangini UFC 294 kechasida o'tkazishi lozim, biroq hozircha rossiyalikka raqib topilmadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar