15 okt 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev vaznidagi reyting yangilandi, unda o'zgarishlar bor!
UFC yangilangan reytingni elon qilindi.
Ispaniyalik Iliya Topuriya chempion bo'lib turgan engil vazn toifasi reytingida ushbu kamarning sobiq sohibi Islam Maxachev 1-o'rinni band etgan. Arman Carukyan 2-pog'onadan joy olgan bo'lsa, CHarlz Oliveyra bir pog'ona yuqorilab, kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Aksincha, Maks Xollouey va Den Xuker bir pog'onaga pastlashgan. Britaniyalik Peddi Pimblett 7-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarildi va keyingi jangida davogar maqomiga ega bo'lishi mumkin.
Bir necha kun oldin sobiq chempion CHarlz Oliveyra Mateush Gamrotni mag'lub etgandi. Bu orqali u P4P reytingida Top-15`ga kirib oldi. Bungacha ushbu o'rinda SHavkat Rahmonov turgandi.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar