15 may 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

"Islam Maxachev Xabibdan ham o'tib ketdi" - UFC sobiq chempioni
UFC sobiq chempioni Aljameyn Sterlingning fikricha, Islam Maxachev Xabib Nurmagomedovdan ham ustun.
"Menimcha, Islam tarixdagi eng zo'r engil vazn jangchilaridan biri. U Xabibdan faolligi bo'yicha ustun, deb o'ylayman. Har qanday holatda ham, menimcha, u Xabibdan ko'proq UFC janglarida qatnashgan. Asosiysi — u chempion bo'lganida va bu unvonni himoya qilgan paytda juda kuchli raqiblarni mag'lub etdi. Xabibda 13 yoki 14 ta jang edi, Islamda esa bundan ko'p", - dedi Sterling o'zining YouTube kanalida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar