25 iyu 22:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachevning sparring sherigi UFC'da debyut qildi
Rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Magomed Zaynukov UFC'da debyut qildi.
Tayboks bo'yicha ikki karra jahon chempioni bo'lmish 31 yoshli dog'istonlik Magomed Zaynukov Abu-Dabi shahri mezbonligidagi UFC Fight Night 282 turnirida oktagonga ko'tarildi.
Polsha sharafini himoya qiluvchi Damian Rjepeckiga qarshi jang to'liq 3 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori ila Magomed Zaynukov g'alaba qozondi.
Bu Zaynukovning faoliyatidagi to'qqizinchi jangida qo'lga kiritgan to'qqizinchi g'alabasi edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar