20 may 11:55
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA, Kurash, Gimnastika, Tennis, Velosport, Dzyudo, Engil atletika, Og'ir atletika, Boshqalar, Karate, Stol tennisi
“Islom birdamlik o'yinlari”. Dementev 29-bronza medalini taqdim etdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari”ning navbatdagi kuni ham o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina musobaqaning engil atletika bahslari yadro uloqtirish sektoridagi bellashuv yakuniga etdi. Final bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Sergey Dementev bronza medalini qo'lga kiritdi.
Kumush medal Saudiya Arabistoni vakili Sulton Alxebshiga nasib etdi. Turkiyalik Osman Ozdevechi "Islom birdamlik o'yinlari" g'olibiga aylandi.
Bu bilan O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasining umumiy medallari soni 58 taga etdi. SHulardan 14 tasi oltin, 15 tasi kumush, 29 tasi bronza medallaridir. Umumjamoa hisobida Ozarbayjon, Turkiya va Erondan so'ng 4-o'rinni egallab turibmiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar