18 may 22:30
Yangiliklar
Taekvondo
“Islom birdamlik o'yinlari”. Rafalovich 14-oltin medalni taqdim etdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari”ning navbatdagi kuni ham o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina musobaqaning taekvondo musobaqasining -74 kg vazn toifasidagi bahslarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Ushbu
vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Nikita Rafalovich barcha
raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, “Islom birdamlik o'yinlari”ning oltin
medalini qo'lga kiritdi.
U hal qiluvchi final bahsida eronlik
kuchli raqibi Xusrovfarni mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori
pog'onasiga ko'tarildi. Bu terma jamoamizning 14-oltin medali sifatida
qayd etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar