So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

07 may 10:07
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Gimnastika, Dzyudo, Engil atletika, Taekvondo, Tadbirlar, Karate, Tokio-2020

“Islom birdamlik o'yinlari”da Rio Olimpiadasi sovrindori bo'lgan sportchilarimiz ham qatnashadilar

12-22 may kunlari Boku shahrida IV “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tadi.

Musobaqada 57 ta davlatdan uch mingdan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. O'zbekiston delegaciyasi “Islom birdamlik o'yinlari”da birinchi marta ishtirok etadi. 

Aslida mazkur o'yinlarning dastlabkisi 2005 yilda Saudiya Arabistonida o'tkazilgan. Oradan to'rt yil o'tgach II “Islom birdamlik o'yinlari” Eronda o'tkazilishi kerak edi, ammo Eron va Arab davlatlari o'rtasidagi kelishmovchilik tufayli musobaqa bekor qilingan. Hisob bo'yicha uchinchi musobaqa 2013 yilda Indoneziyaning Pekanbaru shahrida tashkil etilgan. Mana endi IV “Islom birdamlik o'yinlari”ga Ozarbayjon poytaxti mezbonlik qilmoqda. 

Bokuda xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazish tajribasi bor. Zero 2015 yilda tarixdagi ilk Evropa o'yinlari ham aynan Kaspiy bo'yida, Boku shahrida tashkil etilgandi. Ana shu nufuzli musobaqada orttirilgan tajriba ozarbayjonlik qardoshlarimizga “Islom birdamlik o'yinlari”da ham qo'l kelishi shubhasiz. 

Qolaversa, musulmon davlatlarining o'ziga hos spartakiadasi deya tarif berilayotgan bu safargi musobaqa uchun tashkiliy qo'mita birorta yangi obekt qurmadi. Aksincha Evropa o'yinlari uchun maxsus bunyod etilgan bir necha sport inshootlar infratuzilmasini yanada mustahkamlab o'yinlar uchun hozirlab qo'ydi. 

Bellashuvlar jami 16 ta sport inshootlarida bo'lib o'tadi. Bular qatorida Bokudagi Olimpiya stadioni, Tofik Baxramov nomidagi stadion, Geydar Aliev nomidagi sport arenasi, Gimnastika arenasi, “Baku Crystal Hall” sport saroyi, suv sporti turlari saroyi, “Bail Arena”, Boku tennis akademiyasi, “Dalga Arena”, “Serxedchi” sport saroyi va suv polosi arenalarini alohida takidlab o'tsa bo'ladi. 

Musobaqa 20 ta sport turi bo'yicha o'tkaziladi. SHuningdek, o'yinlar dasturiga para-atletika hamda para-dzyudo turlari ham kiritilgan. IV “Islom birdamlik o'yinlari”da O'zbekiston sharafini 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15ta turida himoya qilishadi. 

Sportchilarimiz engil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, karate, taekvondo, og'ir atletika, boks, gandbol, o'q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo turlari bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadilar. Delegaciyamiz tarkibiga har bir sport turlari bo'yicha tajribali sportchilar qatorida yosh atletlar ham kiritilgan bo'lib, ular uchun Boku turniri yaxshigina tajriba maktabi vazifasini o'tab beradi. 

SHuningdek yosh va umidli sportchilar qatorida Ivan Efremov (og'ir atletika), Rustam Djangabaev (og'ir atletika), Doston Yoqubov (og'ir atletika), Diyorbek O'rozboev (dzyudo), Gulnoza Matniyozova (dzyudo), Nigora Tursunqulova (taekvondo), Dmitriy SHokin (taekvondo), Nikita Rafalovich (taekvondo), Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi), Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika), Nadiya Dusanova (engil etletika), Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash), Magomed Ibragimov (erkin kurash), Ixtiyor Navruzov (erkin kurash), Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi), Vadim Skorovarov (o'q otish), Sabina SHaripova (tennis), Sadriddin Saymatov (karate), Aleksandr Svechnikov (para-atletika), Donier Saliev (para-atletika) va Sevinch Salaeva (para – dzyudo) kabi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari, jahon va Osiyo chempionati ishtirokchilari va sovrindorlari bor.  

Etiborlisi, O'zbekiston IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning asosiy favoritlaridan biri sanaladi. Boisi hamyurtlarimiz Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, umumiy 13 ta medal bilan musulmon davlatlari orasida birinchi o'rinni egallashgani barchamizga yaxshi malum. SHunday ekan bizning sportchilarga qarshi bellashuvlarga raqiblarimiz alohida tayyorgarlik bilan chiqsalar ajab emas. 

Umid qilamizki yurtdoshlarimiz Boku arenalarida ham zafarli yurishlarini davom ettirib barchamizni xushnud etishadi. Eslatib o'tamiz, IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning tantanali ochilish marosimi 12 may kuni Bokudagi Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
07 may 13:11:44
Xushnudbek
To'liq tarkib yo'qmi? Boksdan kimlar borarkan?
   
07 may 13:26:05
Muhar
Qanidi translyatsiya qilishsa shu Islamiadani
-1   
07 may 13:42:21
skilful_coder
Bokschilani tarkibiniyam aytvorila?!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing