18 avg 08:36
Yangiliklar
Islom Boltaev: "Yagona vazifam - O'zbek xalqiga yana bir kamarni keltirish!"
Mazkur MMA kechasining markaziy jangida oktagonga chiqadigan o'rta vaznli o'zbekistonlik jangchi Islom Boltaev ozarbayjonlik Gunduz Nabievga qarshi kechadigan vaqtinchalik chempionlik jangi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Gunduz bolalar bog'chasi qilib yubordi. Agar tayyor bo'lmasa, jangga chiqmaslik kerak. Men ham yomon formada edim (birinchi jang nazarda tutilyapti - olamsport.com) lekin men chiqdim va uni nokautga uchratdim. Ko'p gapirmayman, meni oldimda yagona vazifam bor - O'zbek xalqiga yana bir kamarni keltirish!", - dedi Islom Boltaev.
Eslatib o'tamiz, bu jangchilar o'rtasidagi ikkinchi to'qnashuv bo'ladi. Bundan avvalgi jangda hamyurtimiz Islom Boltaev Gunduz Nabievni muddatidan oldin mag'lub etgan edi. Bugungi musobaqa Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar