So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

24 fev 17:54
Yangiliklar

Triatlon

Ispaniya triatlon federaciyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Teglar :  Triatlon
Bu haqda O'zbekiston triatlon federaciyasi axborot xizmati xabar berdi.

"O'zbekiston Triatlon Federaciyasi Ispaniya Triatlon Federaciyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi! 

Bu biz uchun muhim xalqaro qadam: mazkur hamkorlik sportchilarni tayyorlash va musobaqalarni tashkil etishda amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yish imkonini beradi. Ushbu sheriklik orqali tajriba almashish, natijalarni yaxshilash va o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga erishamiz.

Memorandum asosida quyidagi amaliy qadamlar ko'zda tutilgan:

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'inlari.

Ispaniya milliy jamoalari bilan bir muhitda, ispan murabbiylari rahbarligida va mutaxassislar ishtirokida tayyorgarlik olib borish.

Samarqandda qo'shma ishlar.

World Triathlon Championship Series Samarkand musobaqasini tayyorlash va o'tkazish jarayonida ispan tashkiliy jamoasi vakillarini qabul qilish.

Yirik musobaqalarda jamoamiz uchun amaliy tajriba.

Ispaniyada European Triathlon Championship (Tarragona) hamda World Triathlon Grand Final (Pontevedra) musobaqalarida O'zbekiston Triatlon Federaciyasi vakillarini tashkiliy jarayonlarda ishtirok etish uchun qabul qilish.

Bu hali boshlanishi xolos — memorandum ikki federaciya faoliyatini yanada kuchaytirish, sportchilarni rivojlantirish va musobaqalarimizni yanada professional darajaga olib chiqish uchun yangi qo'shma tashabbuslar asosini yaratadi", deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing