28 mar 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Israel Adesanya Bryus Lini ziyorat qildi + FOTO
O'rta vaznda sobiq UFC chempioni Israel Adesanya asli gonkonglik jang sanati ustasi, kinoaktyor, rejissyor, scenariy muallifi va prodyuser Bryus Li qabrini ziyorat qildi.
Bryus Lining qabri Vashington shtatining Sietl shahridagi Lake View qabristonida joylashgan. SHuningdek, bu qabriston "Sietl pionerlari" dafn etilgan joy deb ham ataladi. San-Franciskoda tug'ilganiga qaramay, Bryusning faoliyati aynan Vashington shtatidagi shaharda boshlangan. Aktyorning yonida uning o'g'li - "Qarg'a" ("Vorona") filmining suratga olish jarayonida fojiali halok bo'lgan Brendon Li ham dafn etilgan.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli nigeriyalik ertaga tong saharda Sietlda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night turnirining asosiy jangida amerikalik Jo Payferga qarshi oktagonga chiqadi.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar