So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

11 sen 10:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Israel Adesanya ilk bor kechagi mag'lubiyatiga izoh berdi

Kecha Avstraliyaning Sidney shahrida navbatdagi raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tgandi.

UFC 293 turnirining markaziy jangida endilikda sobiq o'rta vazn chempioni Israel Adesanya davogar SHon Striklendga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. CHempionlik kamarini boy bergan Adesanya mag'lubiyatiga izoh berdi. 

"Mening rejalarim boshqacha edi. Lekin hayot bizga hamisha syurprizlar, yani kutilmagan holatlarni taqdim etib keladi. Bugun g'alaba qozonamanmi yoki mag'lub bo'lamanmi, har qanday holatda ham ko'p gapirmaslikka qaror qilgandim. Bugun men o'zimdan kuchliroq bo'lgan jangchiga yutqazdim. U bugun mendan kuchli edi. Hozir men haqimda qayg'uradigan insonlar, jamoam bilan ko'proq bo'lmoqchiman. Ular meni kutishyapti. SHu bois hozir ularning yoniga borishim kerak. Lekin o'rnimga mendan aqlliroq bo'lgan murabbiyim Yujin Beyrmanni qoldirib ketaman. Ishonchim komil, u buni uddalaydi. Qolgan savollarni unga berishingiz mumkin. Men esa xordiq chiqarishim, keyin nonushta qilishim va asosiy etiborimni oilamga qaratishim kerak", - dedi Adesanya UFC 293 turniridan keyingi matbuot anjumanida. 

Israel matbuot anjumanini tark etganidan bir necha daqiqa o'tib, o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi. 

"Menda hammasi joyida. Yutqazishni yomon ko'raman, lekin yashashni emas. Avval oilam bilan gaplashaman, keyin insonlarga yuzlanaman. Lekin hozir shaxsiy hayotimga etibor qaratishim kerak", - deya fikrini izohlagan Adesanya.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing