23 avg 17:16
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233187_220.jpg)
Israel Adesanya Leon Edvards - Kamaru Usman jangiga munosabat bildirdi
O'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Israel Adesanya UFC 278 kechasining markaziy bahsi haqida fikr bildirdi.
«Qanday finish! «Rokki» filmining haqiqiy hikoyasi, u yarim o'rta vazn toifasida yangi UFC chempioni — Leon «Rokki» Edvards nomi bilan bog'liq. Menda ikki xil tuyg'ular bor. Men Leon uchun juda xursandman, lekin shu bilan birga Kamarudan xavotirdaman. Bilaman, ular revanshda ishtirok etishadi.
Leon birinchi raundni oldi, ammo Kamaru ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi raundlarda ustunlik qildi. Keyin so'nggi raundda, Leon «uyg'ondi». Hatto menga u «cho'kayotgandek» tuyildi, lekin murabbiylari unga kerakli so'zlarni topishdi. Bizning sportda kutilmagan voqealar doim yuz bergan. Har ikkisini ham ajoyib jang bilan tabriklayman»,-deb fikrini yakunlagan Israel Adesanya.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar