03 dek 09:55
Yangiliklar

Israel Adesanya va Robert Uittaker o'rtasidagi jang xavf ostida
Bu haqda Israel Adesanyaning murabbiyi va menejeri Yujin Beyrman Submission Radio'ga bergan intervyusida malum qildi.
"Rob va uning jamoasi haligacha UFC bilan kelisha olmayapti”, - dedi mutaxassis. "Menimcha, bu ularning ishonchsizligi va vahima qo'zg'ashini aniq ko'rsatib turibdi. Agar Robert bilan jang bir necha oyga qoldirilsa, bu yaxshi. Balki o'shanda biz buni Avstraliyadagi katta stadionda qila olarmiz. Ammo keyin biz Robertning nomzodini rad etishimiz va fevral oyiga yangi raqib topishimiz kerak, chunki biz UFC 271'da chempionlikni himoya qilmoqchimiz. Rasmiy bayonot berish mening vakolatimga kirmaydi, lekin Robert jang qilmoqchi emasdek ko'rinmoqda", - dedi Yujin Beyrman.
Eslatib o'tamiz, asosiy jangi o'rta vazn toifasidagi chempionlik uchun kechadigan UFC 271 turniri 12 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar