10 iyu 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov: "Hammasi reja bo'yicha ketayotgan edi"
Bokschimiz Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Assalomu aleykum hammaga. Avvalambor barchangizga qo'llab-quvvatlab turganinggiz uchun raxmat. Jamoam bilan bu jangga boshqacha tayyorgarlik ko'rgandik. Hammasi reja bo'yicha ketayotgan edi. Afsuski sportda shunaqasi ham bo'lib turadi. Hammasi Ollohdan. InshaAllah bu bilan to'xtab qolmaymiz. CHempionlikka ozgina vaqt qoldi inshallah. Xar qanday holatimizda ham Alhamdulillah!", - deb yozdi Isroil Instagramdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, jang ikkinchi raundda Mishel Soroning jarohati sabab to'xtatildi va yakunda hakamlar texnik durangni qayd etishdi.
Havola :
Manba : instagram.com/israil_madrimov
Fikrlar