22 sen 17:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov Kroufordning Bivol bilan jangdagi imkoniyatlarini baholadi
Prof boksning super o'rta vazn toifasida mutlaq chempionga aylangan Terens Kroufordning o'zbekistonlik sobiq raqibi Isroil Madrimov Terens va yarim og'ir vazndagi chempion Dmitriy Bivol o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"O'ylashimcha, agar Terens yana yuqori vaznga ko'tarilishni istasa, endi ham oshirib yuborgan bo'ladi. Vazn qanchalik katta bo'lsa, farq ham shunchalik bo'ladi. Bivolning uslubini juda yaxshi bilganim uchun ham buni butunlay boshqacha tasavvur qilaman. Bivol bilan Kaneloga javob qaytarganingiz singari jang qila olmaysiz. Uning ajoyib havaskor uslubi bor. Menimcha, Krouford bu ishni qilsa, oshirib yuborgan bo'ladi", deydi Madrimov.
Havola :
Manba : BoxNation YouTube канали
Fikrlar