So’nggi yangiliklar

00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 20:22Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилади! UFC 333 турниридан ОНЛАЙН 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0

13 avg 17:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimovdan mashhurligi, Matchroom'ning qanday qiziqib qolganligi, O'zbekiston va AQSHdagi mashg'ulotlarining farqi haqida katta intervyu

Teglar :  Isroil Madrimov
Xabaringiz bor, 15 avgust kuni professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan iqtidorli bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi muhim jangini o'tkazadi.

Bokschimizning mazkur jangga tayyorgarligi, oldindagi rejalar va yana bir qator qiziq mavzularda suhbat uyushtirdik.

– Dunyoning eng yirik promuterlik kompaniyalari iqtidorli bokschilarni yirik turnirlardagi ishtirokiga ko'ra saralab, keyin shartnoma imzolashadi. Isroil Madrimov Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmay turib, jahon chempionatida sovrindor bo'lmay turib, Matchroom kompaniyasining etiborini torta oldi?

– O'zbek bokschilarining Rio olimpiadasidagi yutuqlari xalqaro promuterlik kompaniyasidagilarning etiborini bizga jalb etgan bo'lishi mumkin. O'sha paytda men ham Osiyo o'yinlari finalchisi edim. Qolaversa, “Uzbek Tigers” tarkibida bir qator muhim janglarda ishtirok etgandim. Balki shu uchun taklif bildirishgandir. Bundan tashqari ilk jangimdayoq kamar uchun bahs olib borib g'alabaga erishganim – ularni o'zimga ishontira olganim bo'lgandir.

– 15 avgust kuni muhim janglaringizdan birini o'tkazasiz.  Janggacha bo'lgan davrda ko'p muddat O'zbekistonda qolib ketdingiz. Bu muddat ichida prof boksdagi murabbiylaringiz bilan ishlay olmadingiz? Janggacha sport formangizni tiklashda qiynalmadingizmi?

– Karantin tufayli O'zbekistonda ko'p vaqt qolib ketgan bo'lsamda, mashg'ulotlar jarayonini doimiy davom ettirdim. Biz professional sportchimiz va  o'z sport formamizni bir xil darajada ushlab turishimiz eng muhimi hisoblanadi. Qolaversa, O'zbekiston terma jamoasi safida mashg'ulotlarda ishtirok etdim. U erda murabbiyim To'lqin Qilichev qo'l ostida shug'ullanishni davom ettirdim, termadagi jamoadoshlarim bilan sparringlarda qatnashdim. Bir so'z bilan aytganda doimiy nazorat ostida bo'ldim. Bu erga (Nyu York shahri nazarda tutilayapti) etib kelganimda jismoniy jihatdan hech qanday muammo yo'q edi. SHu bois, bu erdagi mashg'ulotlarga qiyinchiliksiz kirishib ketdim.

– O'zbekistonda va AQSHda mashg'ulotlar o'tkazayapsiz. Mashg'ulotlarda qanday farq bor va qaysi birida ishlash qiyinroq? (Zulayho, Xorazm viloyati).

– Men ham O'zbekistonda, ham AQSHda mashg'ulotlar o'tkazmoqdaman. Albatta, mashg'ulotlar jarayoni bir-biridan farq qiladi. Sababi, professional boksning havaskor boksdan farq qilishida. Havaskor boks uch raunddan iborat bo'lganligi uchun bunda shu vaqt ichida hammasini hal etishingiz kerak. Bunda tezkorlik va taktika muhim o'rin tutadi. SHu boisdan alohida mashg'ulotlar ishlab chiqiladi va shunga ko'ra ishlanadi. Prof boksda esa janglar uzoq davom etgani uchun kuchni to'g'ri taqsimlash muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlar jarayonida ko'proq kuch yig'ishga, zarbalar yo'llash texnikasiga etibor qaratiladi. Har ikkalasining ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ammo, uni engib o'tish bu birinchi maqsad. Mashg'ulotlarda ishlash qancha qiyin bo'lsa, jangda shuncha oson bo'ladi.

– Jangga chiqadigan kuningizdan avval qachon og'ir mashg'ulotlarni to'xtatasiz va jangdan so'ng qancha muddat dam olasiz? (SHarkiya, Xiva shahri).

– Professional boksda bir hafta avval og'ir mashg'ulotlar to'xtatiladi. Keyin esa vazn toifamizni tushirish ustida ishlaymiz. Bu orada raqibni yanada yaxshiroq o'rganishga ham vaqt sarflanadi. Jangdan so'ng bir hafta – 10 kun dam olinadi. Dam olish jarayoni jangning qanday o'tganiga bog'liq, agar 12 raundlik og'ir jang o'tkaziladigan bo'lsa ikki hafta va undan ham ko'proq dam olishga to'g'ri keladi. Professional boksda ko'p parhez qilinadi va har ikki kunda sparring janglar o'tkaziladi. Dam olishda bu kabi holatlar ham etiborga olinadi.

– Ertangi raqibingiz siz ko'p xato qilishingizni va shu xatolardan unumli foydalanib mag'lubiyatga uchratmoqchi ekanligini aytdi. Nima deb o'ylaysiz, u qanday xatolarni nazarda tutgan va siz bunga qanday choralar ko'rayapsiz? (Avazbek, Jizzax viloyati).

– Har bir bokschining o'z fikri bor. Hech kim ringga ko'tarilishidan oldin raqibim kuchli, bugun yutqazaman deb aytmaydi. SHu bois hammasi ringda hal bo'ladi. Men jangda bor mahoratimni ko'rsatishga harakat qilaman. Uokerning qanday xatolar haqida gapirganini bilmayman. Har doim jang davomida xato qilmaslik uchun mashg'ulotlarda jiddiy ishlaymiz. Umid qilamanki, ertangi jangimda ham hammasi biz uchun omadli yakun topadi.

– 75 kg vaznda Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishingiz mumkinligi aytilgan edi. Olimpiya o'yinlarida ishtirok etsangiz havaskor boksda kimlarni g'oliblik yo'lidagi asosiy raqib deb bilasiz?

– Olimpiya o'yinlarida qatnashish niyatim bor. Avvalo licenzion turnirda g'olib chiqishim kerak. 75 kg gacha vaznda g'oliblik uchun asosiy davogarlar allaqachon yo'llanmani naqd qilib bo'lishdi. Olimpiadaga boradigan har bir sportchi g'olib bo'lishni maqsad qiladi. CHunki bu imkon sizga har yili yoki har bir jangda emas, 4 yilda bir marotaba taqdim etiladi. SHu sababdan hamma bokschi har bir jangga xuddi oxirgi jangidek tayyorlanadi va g'olib bo'lishni orzu qiladi. Asosiy raqiblarga kelsak, ukrainalik Aleksandr Xijnyak, qozog'istonlik Amankul Abilxan, filippinlik Eumir Feliks Marsyal va rossiyalik Gleb Bakshi kabi bokschilar ham chempionlik uchun davogarlik qila oladi.

– Isroil Madrimov juda tez tanildi. Bugun butun dunyoda sizni etirof etishayapti. Siz uchun mashhurlik nimani anglatadi?

– Mashhurlik, albatta, yoqimli tuyg'u. Lekin, hozirgi mashhurligim birmuncha aldamchi ekanligini bilaman. Sababi hali katta yutuqlarim oldinda deb hisoblayman. Inson qanchalik kamtar bo'lsa, hamma uni shunchalik hurmat qiladi. Hozir mashhurligimga ishonib, hammasiga erishdim deb o'ylay boshlasam, to'xtab qolish hech gapmas. Agar chempionlikni qo'lga kiritmas ekanman, bu mashhurlik bilan nari borsa odamlarning yodida 2-3 yil yashashim mumkin. Keyin hammasi unutiladi, qilgan mehnatlarim esdan chiqariladi. Ishonamanki, men uchun hammasi oldinda. O'zim uchun Olimpiya chempionligi, prof boksda kamarlar jamlanmasi bu bir maqsad. Ularga etishsamgina o'zim o'ylagan mashhurlik menga buysunadi.

Mening fikrimcha, insonning mashhurligidan faqatgina uning yaqinlari avvalo, ota-onasi xursand bo'ladi. Sen tarbiyalagan farzand tufayli rahmat eshitsang, bu – albatta katta faxr va katta baxt. Aslida ota-onamni xursand etish uchun ham katta g'alabalarga erishishim kerak deb hisoblayman.

– Suhbat uchun rahmat! Oldindagi muhim jangda sizga omad yor bo'lishini tilaymiz!

– Katta rahmat! SHu o'rinda O'zbekistonda meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorlik bildiraman.

Jurnalist Umar Murod suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
13 avg 18:29:17
Judo 1
Hali katta janglar oldinda, Isroilga omad tilaymiz!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing