26 sen 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovga chempionlik janglari uchun takliflar bor
Professional boksimiz Isroil Madrimov navbatdagi jangi haqidagi savolga javob berdi.
"Albatta, hozir reytingdagi o'rnimiz yaxshi. Bizdan jang kutishyapti. Promouterlarimiz bilan bu borada gaplashyapmiz.
Menejerimiz Vadim Kornilov sog'lig'im haqida so'radi va navbatdagi janglar uchun takliflar borligini aytdi. Men esa sog'lig'imni tiklab olganimdan so'ng albatta janglarga tayyor bo'lishimni aytdim.
Lekin shunisi aniqki, janglar uchun takliflar bor. Asosan chempionlik janglari uchun", - dedi Isroil Madrimov.
Eslatib o'tamiz, Terens Krouford bir necha kun oldin o'zining WBA kamarini (Isroil Madrimovdan yutib olgan kamar) vakant qoldirgandi. WBA esa ushbu kamarni vaqtinchalik chempion, 30 yoshli germaniyalik Abbos Barauga berilishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar