12 apr 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning vaznidagi ikki chempion o'zaro birlashtiruvchi jang o'tkazadi
Birinchi o'rta vazndagi ikki chempion Jermell CHarlo (34-1, 18 KO) va Brayan Kastano (17-0-1, 12 KO) mutloq chempionlik uchun jang o'tkazishga kelishishdi.
31 yoshli Kastano WBO kamariga egalik qilsa, 30 yoshli CHarlo WBC, IBF va WBA kamarlari sohibi hisoblanadi.
Tomonlar jang sanasi va manzilini kelishib olishsa bo'lgani. Rejaga ko'ra ushbu jang iyun-iyul oylarida o'tkaziladi. Rasmiy qaror esa shu hafta oxirida elon qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar